Markaziy saylov komissiyasida

11 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ta’kidlanganidek, okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinganidan so‘ng Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilgan bo‘lib, ular jamoatchilikning obro‘li vakillari orasidan tanlab olingan.
Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

O’zA

One Response to “Markaziy saylov komissiyasida”

Leave a Reply